Mening kurslarim va konsultatsiyalarim kimga yordam beradi?
ko'p kasal bo'ladigan yoki og'ir kasalga duchor bo'lgan,
sevilmasligini sababini anglay ololmayotgan va shu muammoni yechimini izlayotgan,
sovuqqon / yoki aksincha o'z tuyg'ularini nazorat qila olmaydigan / yoki qisman ruhiy nosog'lom yigit va erkaklar bilan munosabatga kirishayotgan,
«ketish → qaytish → va yana rad etilish → va yana qadrsizlanish» ruhiy aylanmasida qolib ketgan,
“sevgi uchburchagi”da, ya'ni erining onasi / jazmani / yoki boshqa yaqinlari bilan raqobatga kirishib, baxtli hayot kechira olmayotgan,
oilada ruhiy yoki jismoniy zo'ravonlikka uchrayotgan,
munosabatda erkakning «qutqaruvchisi» rolini o'z zimmasiga olgan,
o'zining orzusidagi ishini topa olmayotgan / yoki ishda turli-hil muammolarga uchrayotgan,
pul topish borasida katta qiyinchiliklarga uchrayotgan / yoki pul topsa ham ko'pincha pul yetishmovchiligi bilan to'qnashayotgan,
doimiy xavotirda yashayotgan,
yoki aksincha nima uchun psixika ya'ni ruhiyat xavf yo'q joyda ham tahdid yaratayotganini tushuna olmasdan qiynalayotgan,
tashqi dunyo bilan / yoki yaqin odamlari bilan kelisha olmayotgan, ya'ni ichki va tashqi nizolar hamda g'azab va nafrat ko'pligidan azob chekayotgan,
ko'p hayotiy nohaqliklar va adolatsizliklarga uchrayotgan,
omadli ravishda turmushga chiqa olmayotgan,
yoki turmushda yashab turib ham, ichki yolg'izlik tuyg'usidan aziyat chekayotgan,
hamda o'zi istagan hayotda yashay olmayotgan